Kun
Soat
Minut
Sekund
Yosh xokkeychilarimizning Osiyo-Okeaniya chempionatidagi muvaffaqiyati yurtimizda nafaqat jamoaviy, balki qishki sport turlari ham rivoj topib borayotganini yana bir karra koʻrsatdi. Titulni himoya qilish uchun maydonga tushgan yigitlarimiz irodali gʻalaba bilan kubokni oʻzimizda olib qolishdi. Taqdirlash marosimida Xalqaro muz ustida xokkey federatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati ishtirok etib, hamyurtlarimizni qoʻlga kiritgan muvaffaqiyatlari bilan qutlashdi.
Shohruh Davlatov va Yekaterina Tunguskova “BYD Song Pro” sohibiga aylanishdi. 45 mamlakatdan tashrif buyurgan havaskor va professional sportchilarni oʻzida jamlagan BYD Toshkent VI xalqaro marafoni oʻz gʻoliblarini aniqladi. 6000 nafarga yaqin ishtirokchini jamlagan ommaviy sport tadbiri koʻtarinki ruhda oʻtdi.
Konya-2021: Velotrek bahslari yakunlandi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qoʻlga kiritib, delegatsiyamizning muvaffaqiyatli ishtirokiga munosib hissa qoʻshdi
Vladivostok-2022: “Osiyo bolalari” oʻyinlari oʻz yakuniga yetdi. Bir necha kun davom etgan murosasiz bellashuvlarda Oʻzbekiston delegatsiyasi munosib ishtirok etib, umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi! Matonatli yosh sportchilarimiz musobaqada 41 ta oltin, 28 ta kumush va 45 ta bronza, jami 114 ta medal jamgʻarishdi!