29 Aprel 2026 90

Abduqodir Husanov “Olimpiya shaharchasi”dagi infratuzilma bilan tanishdi

Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rahbariyati futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi oʻyinchisi Abduqodir Husanov hamda otasi bilan uchrashib, uning yaqin davrdagi rejalari xususida suhbatlashdi.

Uchrashuvda futbolchimizning jahon chempionatiga olib borayotgan individual tayyorgarligi atroflicha muhokama qilindi. Mutasaddilar futbolchimizni yaqinda Manchester klubi safida dastlabki sovrini – Angliya liga kubogini qoʻlga kiritgani bilan qutlab, mavsum chempionligi va Angliya kubogi finalida kutib turgan oʻyinlarda ham unga omad tilashdi. Oʻz navbatida, futbolchimiz optimal sport formasini ushlab turish uchun “Manchester Siti” tarkibida olib borayotgan mashgʻulotlari xususida gapirib oʻtdi.

Suhbatdan soʻng futbolchimiz Sport akademiyasi va “Olimpiya shaharchasi”ni aylanib, u yerdagi imkoniyatlar va mehmonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Text to speech