Qo'mita

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi nodavlat — notijorat tashkiloti bo‘lib, o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi Olimpiya Xartiyasi hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining Ustavi asosida amalga oshiradi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

O‘zbekistonda Olimpiya xarakatini rivojlantirish, olimpizm g‘oyalarini keng targ‘ib etish;
Respublika sport delegatsiyalarining Olimpiada, Osiyo, Butunjahon yoshlar o‘yinlarida vakili bo‘lish;
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi, boshqa mamlakatlar milliy olimpiya qo‘mitalari, xalqaro sport federatsiyalari va uyushmalari bilan qalin hamkorlik qilish, XOQning «Olimpiya birdamligi» dasturida ishtirok etish;
Respublika, aholisini jismoniy va ma’naviy tarbiyalashga, jismoniy tarbiya va sport, ayniqsa, milliy sport turlari, nogironlar o‘rtasida sportni rivojlantirishga har taraflama ko‘maklashish;
Mamlakat terma jamoalari va sport zaxiralarini tayyorlashda davlat, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlariga ko‘maklashish;
Yoshlarni boshqa mamlakatlar sportchilari bilan do‘stlik va birodarlikni mustahkamlash, musobaqalarda halol sport kurashi olib borish, raqibiga olijanoblik bilan munosabatda bo‘lish tamoyillari asosida tarbiyalash;
O‘zbekiston sportchilari yutuqlarini keng targ‘ib etish;
Sport kadrlari o‘rtasida tajriba ayriboshlash, ular malakalarini oshirish uchun anjumanlar, seminarlar tashkil etish.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasining teng xuquqli a’zosidir.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tarkibi quyidagilardan iboratdir:

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti, Bosh kotibi, vitse-prezidentlar va a’zolardan;
Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan milliy sport federatsiyalari vakillaridan;
Cportning olimpiya turlari bo‘lmagan hamda milliy sport federatsiyalari vakillaridan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport tashkilotlari vakillaridan;
Jismoniy tarbiya va sport davlat boshqaruvi organlari, ko‘ngilli sport jamiyatlari vakillaridan;
Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari bo‘lgan sportchilar vakillaridan hamda boshqa alohida shaxslardan iboratdir.

Quyidagilar O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining rahbar organlari hisoblanadi:

Bosh assambleya;
Ijroiy qo‘mita;
Ijroiy qo‘mita byurosi.

Bosh assambleyalar oralig‘ida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi faoliyatiga Ijroiy qo‘mita rahbarlik qiladi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining quyidagi doimiy komissiyalari mavjud:

Atletlar komissiyasi;
Ayollar va sport komissiyasi;
Sport va atrof muhit komissiyasi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi huzurida Olimpiya akademiyasi tashkil etilgan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi:

Text to speech