Osiyo o‘yinlari – 1951 yildan beri o‘tkaziladigan kompleks musobaqadir. U Osiyo xalqlari va davlatlari birdamligini yana-da mustahkamlash maqsadida tashkil qilinadi. Osiyo o‘yinlari Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va Osiyo olimpiya kengashi bayrog‘i ostida har to‘rt yilda bir marotaba o‘tkaziladi.
Tarix
Osiyo o‘yinlari asosi sifatida Uzoq Sharq mamlakatlari – Xitoy, Yaponiya va Filippin davlatlari o‘rtasida 1913-19434 yillarda o‘tkazilgan musobaqalarni ko‘rsatish mumkin. Londondagi XIV Olimpiya o‘yinlari vaqtida (1948 yil) Osiyo mamlakatlari vakillari Osiyo o‘yinlari assotsiatsiyasini tashkil etish borasida kelishuvga erishadilar. U 1949 yilda Nyu-Delidagi assambleyada ko‘rib chiqilgan va aynan o‘sha yerda 1951 yilda Nyu-Delida Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish qarori qabul qilingan. 1982 yilda Osiyo o‘yinlari federatsiyasi XOQ tomonidan tan olinadi. 1982 yilning 16 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Bosh assambleyada qitʼaning sport tashkiloti o‘z nomini Osiyo Olimpiya Kengashi deb o‘zgartiradi.
O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida 1994 yildan buyon ishtirok etib keladi.
Ayni paytda Osiyo Olimpiya Kengashi shafeligida yozgi va qishki Olimpiya o‘yinlaridan tashqari quyidagi musobaqalar o‘tkaziladi:
- Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari
- Sohilbo‘yi Osiyo o‘yinlari
- Yoshlar Osiyo o‘yinlari