5 Iyun 2026 64

Taekvondochilarimiz Rim Gran-prisidagi ishtiroklarini boshlashmoqda

Bugun Italiya poytaxtida taekvondo WT boʻyicha Gran-pri turniri start oladi. Maʼlum qilganimizdek, unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etishadi. Dasturga koʻra, dastlabki kun 3 nafar sportchimiz medallar uchun kurash olib borishadi. Kun davomida qatnashadigan yurtdoshlarimiz va ularning ilk raqiblari bilan tanishing:

-57 kg: Madina Mirabzalova – Gaxyon Kim (Koreya Respublikasi)
-80 kg: Jasur Jaysunov – Javad Agayev (Ozarbayjon)
-67 kg: Ozoda Sobirjonova – Juliya Novak (Polsha)

Text to speech