5 Iyun 2026
68
Tavallud ayyom muborak, Sherzod Rixsibayevich!
Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, mamlakat taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi, “Mehnat shuhrati”, “Doʻstlik” va "Fidokorona xizmatlari uchun" ordenlari sohibi Sherzod Tashmatov tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Sherzod Rixsibayevichni bugungi ayyom bilan samimiy qutlab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.