Yengil atletika, uch hatlab sakrash
Davronova Sharifa Jamsherovna 2006-yil 27-sentyabr kuni Samarqand viloyatida tugʻilgan. 2019-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Muzaffar Karimov. Sharifa 2019-yil oʻsmirlar, 2020-yil kattalar oʻrtasidagi mamlakat chempionatida uch hatlab sakrash dasturida gʻalaba qozongan. Shundan soʻng koʻplab xalqaro musobaqalarda gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy olib kelyapti. Ikki yildirki yoshlar oʻrtasidagi qitʼa birinchiliklarida gʻoliblikni hech kimga bermayapti. 2022-yil Kolumbiyada oʻtgan U20 yosh toifasidagi jahon chempionatida, Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlarida, 2023-yil Qozogʻistonda tashkil etilgan yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida, Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlarida oltin medallarga sazovor boʻlgan. Koʻrsatgan natijalari evaziga “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan.
Davronova Butunjahon yengil atletika federatsiyasi (World athletics) tomonidan eʼlon qilingan reyting yakuniga koʻra, uch hatlab sakrash dasturida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisiga aylandi.