14 Dekabr 2025 68

Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilmoqda

Shu kunlarda Jizzax shahri taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar ishtirokidagi bahslarning ilk kunida 9 vazn toifasida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi.

Murosasiz bellashuvlarda Behruz Salimov (-54 kg), Nazarali Nazarov (-63 kg), Mironshohmirzo Muzaffarov (-74 kg), Yodgorbek Joʻraboyev (-87 kg), Madina Shoniyozova (-46 kg), Laylo Zayniddinova (-53 kg), Diyora Azizova (-62 kg), Sabina Pardayeva (-73 kg) va Iroda Mirtojiyeva (+73 kg) oʻz vazn toifalarida chempionlikni qoʻlga kiritishdi.

Text to speech