15 Dekabr 2025 41

Kun dayjesti: Yosh qilichbozlarimiz shohsupada, Jizzaxda taekvondo boʻyicha mamlakat chempionati oʻtkazildi, yil sarhisoblari boshlandi

Qilichbozlarimiz Jahon kubogi bosqichida bronza medallariga ega chiqishdi

Maʼlum qilganimizdek, hafta yakunida turli shaharlarda qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichlari oʻtkazildi. Toshkentda tashkil etilgan bellashuvlarda shpaga boʻyicha yigitlar oʻrtasidagi jamoaviy musobaqada hamyurtlarimiz shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarilishdi. Vengriyada oʻtgan qizlar oʻrtasidagi sablya bahslarida ham yurtdoshlarimiz kuchli uchlikdan joy olishga muvaffaq boʻldilar.

Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston chempionati yakunlandi

Jizzaxda taekvondo WT boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati nihoyasiga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kun bellashuvlarida Omonjon Otajonov (-58 kg), Diyorbek Toʻxliboyev (-68 kg), Jasur Jaysunov (-80 kg), Shohjahon Karimboyev (+87 kg), Laylo Hasanova (-49 kg), Madina Mirabzalova (-57 kg), Ozoda Sobirjonova (-67 kg) yana bir bor mamlakat chempionligiga sazovor boʻlishdi.

Bir qator federatsiyalarda yil sarhisobi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti, zamonaviy beshkurash, shuningdek, yana bir qator federatsiyalarning yil yakunlariga bagʻishlangan tadbirlari oʻtkazildi. Marosimda yil davomida yuqori natija qayd etgan sportchi va murabbiylar, jamoalar va boshqa yoʻnalishda faoliyat olib borgan mutaxassislar federatsiya rahbariyati tomonidan taqdirlanishdi.

Text to speech