1 Dekabr 2025 186

IWF Prezidenti Muhammad Jalud bilan uchrashuv oʻtkazildi

Shu kunlarda Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi (IWF) Prezidenti Muhammad Jalud poytaxtimizda mehmon boʻlib turibdi. Bugun IWF yetakchisi Sport vazirligi va MOQ rahbariyati bilan uchrashdi.

Dastavval, martabali mehmon “Olimpiya shaharchasi”ni aylanib, uning imkoniyatlarini shaxsan koʻzdan kechirdi va bu kompleks oʻzbek sportining rivojini yangi bosqichga olib chiqishi haqida gapirdi. Hamkorlik masalalari koʻrib chiqilgan uchrashuvda janob Jalud mamlakatimizda sport sohasida olib borilayotgan soʻnggi islohotlar bilan tanishar ekan, ayni paytda oʻtkazilayotgan “Prezident Olimpiadasi” musobaqalari haqida oʻzining ijobiy fikrlarini bildirib oʻtdi.

Samimiy ruhda oʻtgan uchrashuvda Oʻzbekiston va IWF oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish, kelgusida nufuzli xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilish borasida fikrlar almashildi.

Text to speech