Safina Sadullayeva: “Asosiy maqsadim — jahon chempionatida munosib qatnashish”

Yengil atletika boʻyicha yopiq inshootlarda oʻtadigan yirik musobaqalar boshlanish arafasida. Balandlikka sakrash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Safina Sadullayeva mazkur yoʻnalishdagi turnirlarda qatnashish va ularga tayyorgarlik koʻrish uchun Yevropaga yoʻl oldi.

— Qishki mavsum Siz uchun qanday oʻtmoqda?
— Qisqa dam olishdan keyin xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga yoʻl oldim. Mashgʻulotlarimni 19-fevralgacha Estoniyada olib boraman. Bu orada Yevropaning qator mamlakatlarida tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarda ham ishtirok etishni reja qilganman.

— 2025-yil uchun oʻz oldingizga qanday maqsad qoʻygansiz?
— Avvalo, yozda oʻtadigan jahon chempionatida munosib ishtirok etish. Buning uchun musobaqa normativini (1.97 metr) bajarishim kerak. Shuningdek, yopiq inshootlardagi qit’a va dunyo birinchiliklari ham e’tiborim markazidagi asosiy musobaqalardan hisoblanadi.

— Siz qatnashadigan eng yaqin musobaqa qaysi?
— 29-yanvar kuni Germaniyada xalqaro turnir boʻlib oʻtadi. Dastlab shu musobaqada qatnashaman. Undan soʻng yana Estoniyada tayyorgarlikni davom ettiramam. Keyin holatimga qarab yana bir qancha startlarda oʻz omadimni sinab koʻraman.

Text to speech