Erkin suzish, 400 metr
Zelinskaya Anastasiya Yuryevna 2004-yil 21-aprel kuni Toshkent viloyatida dunyoga kelgan. 2016-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Saida Iskandarova. Faoliyati davomida koʻp karra Oʻzbekiston chempionligiga erishgan. Ushbu sportchimiz erkin usulda suzish yoʻnalishiga ixtisoslashgan. 2023-yil Yaponiyaning Fukuoka shahrida oʻtgan suv sporti turlari boʻyicha jahon chempionatida 5 va 10 km masofalarga ochiq havzada suzish bahslarida ishtirok etgan.
Zelinskaya Butunjahon suv sporti turlari federatsiyasi (World Aquatics) tomonidan taqdim etilgan taklifnomaga koʻra, Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida 400 metrga erkin usulda suzish dasturida qatnashadi.