Ziyodaxon Abdusattorova

Kamondan otish

Abdusattorova Ziyodaxon Dilshodjon qizi 2001-yil 17-aprel kuni Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida dunyoga kelgan. 2018-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Irina Savinova. Hamyurtimiz bir necha bor Osiyo kubogida sovrindorlar qatoridan joy olgan. Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlarida aralash jamoaviy dasturda shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarilgan. Joriy yil “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

2023-yil noyabr oyida Tailandda oʻtgan Osiyo litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali Parij-2024 ishtirokchilari orasidan joy oldi.

Text to speech