13 Dekabr 2025
50
Yosh qilichbozimiz Jahon kubogi bosqichida bronza medalini qoʻlga kiritdi
Joriy hafta yakunida dunyo boʻylab qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichlari oʻtkazilmoqda. Toshkent mazkur musobaqalarning shpaga boʻyicha yigitlar oʻrtasidagi bellashuvlariga mezbonlik qilyapti.
Bugun tashkil etilgan yakkalik dasturidagi bahslarda terma jamoamiz bronza medaliga sazovor boʻldi. Musobaqada yarim finalgacha yetib borgan Kamron Ismoilov shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarildi.