MOQ rejalari

Sportchilarimizni yirik musobaqalarga tayyorlash uchun tezkor va istiqbolli reja ishlab chiqildi

Tokio Olimpiadasiga munosib tayyorgarlik ko‘rish va unda o‘zbekistonlik sportchilarning yuqori natija qayd etishini ta’minlash ayni paytda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi zimmasida turgan eng asosiy vazifa hisoblanadi. Olimpiya o‘yinlari startiga ko‘p vaqt qolmadi ham. O‘z oldiga yuqori maqsad qo‘ygan mamlakatlar bu yo‘lda tinimsiz ishlamoqda.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi ham Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rish uchun puxta ishlab chiqilgan reja asosida faoliyat olib bormoqda. MOQ, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zDJTSU va boshqa tashkilotlar bilan Tokio Olimpiadasiga tayyorlanish uchun “Tezkor reja” ishlab chiqildi. Ushbu dastur litsenzion musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, olib borilishi kerak bo‘lgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini to‘g‘ri tashkil qilish, sportchilarimizga zarur farmakologik vositalarni o‘z vaqtida va me’yorida berib borish, atletlarimizning raqiblarini o‘rganish kabi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.

MOQ tomonidan ishlab chiqilgan “Tezkor reja

Shuningdek, MOQ tomonidan “Istiqbolli reja” ham ishlab chiqilgan bo‘lib, unda 2022 yili bo‘lib o‘tadigan qishki va o‘smirlar yozgi Olimpiadasi, 2024 va 2028 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga bosqichma-bosqich tayyorgarlanish vazifalari aks etgan.

MOQ tomonidan ishlab chiqilgan “Istiqbolli reja

Text to speech