Sharofiddin Boltaboyev

Dzyudo, -81 kg

Boltaboyev Sharofiddin Po‘lat o‘g‘li 1995-yil 19-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida tug‘ilgan. 2013-yildan O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Radik Gamayev. Faoliyati davomida Gran-pri turnirlarida 1 ta oltin va 1 ta bronza, qitʼa chempionatlarida 2 ta kumush va 1 ta bronza, “Katta dubulg‘a” musobaqalarida 2 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, 2021-yilgi jahon chempionatida aralash jamoaviy dasturda bronza medali bilan taqdirlangan. Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi.

Sharofiddin o‘tgan yilning mart oyida Antalya “Katta dubulg‘a” turnirida jiddiy jarohat olgach 10 oy davomida tiklanish davrini o‘tkazdi. 2024-yildan yana tatamiga qaytgan dzyudochimiz litsenzion davrning so‘nggi qismida turnirlarda ketma-ket muvaffaqiyatli ishtirok etib, Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan eʼlon qilingan Olimpiada reytingiga ko‘ra -81 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Text to speech