5 Oktyabr 2022 1466

Bugun qur’a. Saralangan dzyudochilarimiz qaysi guruhdan joy olishadi?

Bugun mamlakatimizda o‘tadigan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu marosimdan avval o‘z vazn toifalarida jahon reytingida kuchli sakkizlikka kirgan sportchilar saralab olinadi va qur’a ularning atrofida shakllanadi. Terma jamoamiz vakillaridan Murodjon Yo‘ldoshev (-73 kg), Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg), Davlat Bobonov (-90 kg), Diyora Keldiyorova (-52 kg) saralangan sportchilar qatoriga kirishdi. Ushbu maqolada sportchilarimiz qur’aning qaysi qismdan joy olishlari, qay bir yetakchilar bilan bir guruhdan o‘rin egallashi, ularning ehtimoliy raqiblari haqida fikr yuritamiz.

-73 kg:
"A" guruhi
Lasha Shavdatuashvili (Gruziya)
Noma’lum raqib

Joivanni Esposito (Italiya)
Noma’lum raqib

"В" guruhi
Toxar Butbul (Isroil)
Noma’lum raqib

Rustam Orujev (Ozarbayjon)
Noma’lum raqib

“С” guruhi
Hidayat Heydarov (Ozarbayjon)
Noma’lum raqib

Soichi Xashimoto (Yaponiya)
Noma’lum raqib

“D” guruhi
Sogbatar Send-Ochir (Mo‘g‘uliston)
Noma’lum raqib

Murodjon Yo‘ldoshev (O‘zbekiston)
Noma’lum raqib

Sakkizlikka kirmagan kuchli sportchilar: Shahram Ahadov (O‘zbekiston), Manuel Lombardo (Italiya), Igor Vandtke (Germaniya), Bilal Chiloglu (Turkiya). Bu kabi sportchilar qur’ada qaysi guruhga qo‘shilishidan qat’iy nazar, vaziyat tubdan o‘zgarib ketishi hech gap emas. Bu jahon chempionatida o‘z nomi bilan raqiblarining yuragiga g‘ulg‘ula solib, musobaqa oldidan chempionlikni deyarli rasmiylashtirib qo‘yadigan yaponiyalik Shoxei Ono yo‘q. Shu bois chempionlik uchun yaqqol da’vogarni ko‘rsatish qiyin.

-81 kg:
“A” guruhi
Tato Grigolashvili (Gruziya)
Noma’lum raqib

Frank de Vit (Niderlandiya)
Noma’lum raqib

“В” guruhi
Gulerme Shmidt (Braziliya)
Noma’lum raqib

Sharofiddin Boltaboyev (O‘zbekiston)
Noma’lum raqib

“С” guruhi
Mattias Kasse (Belgiya)
Noma’lum raqib

Sami Shushi (Belgiya)
Noma’lum raqib

“D” guruhi
Vedat Albayrak (Turkiya)
Noma’lum raqib

Said Mullai (Ozarbayjon)
Noma’lum raqib

Ko‘pchilik mutaxassislar qur’a qanday o‘tishidan qat’iy nazar -66 kg va -81 kg vazn toifalarini murakkab va intrigalarga boy deya ta’riflamoqda. Haqiqatda ham shunday. Ushbu vaznda qayd etilgan ikki yapon dzyudochisi sakkizlikda yo‘q va ular qur’aning qaysi qismidan joy olishmasin, har qaysi saralangan sportchini medallar uchun kurashdan erta chiqarib yuborishi hech gap emas.

Sakkizlikka kirmagan kuchli sportchilar: Shamil Borchalvishi (Avstriya), Sotaro Fujivara hamda Takanori Nagase (Yaponiya), Sagi Muki (Isroil), Junxvan Li (J.Koreya)

-90 kg:
“A” guruhi
Mammadali Mehdiyev (Ozarbayjon)
Noma’lum raqib

Yerlan Sherov (Qirg‘iziston)
Noma’lum raqib

“В” guruhi
Kristian Tots (Vengriya)
Noma’lum raqib

Luka Maisuradze (Gruziya)
Noma’lum raqib

“С” guruhi
Davlat Bobonov (O‘zbekiston)
Noma’lum raqib

Lasha Bekauri (Gruziya)
Noma’lum raqib

“D” guruhi
Ivan Morales (Kuba)
Noma’lum raqib

Kamronshoh Ustapiriyon (Tojikiston)
Noma’lum raqib

Ko‘pchilik muxlislar finalda Bobonov va Bekauri juftligini taxmin qilayotgan edi. Lekin reyting asosida shakllantiriladigan qur’a ularni xuddi Tokio-2020 Olimpiadasidagidek chorak finalda yana ro‘baro‘ qilishi mumkin. Umid qilamizki, bu gal Bobonov Tokiodagi vaziyat tasodif ekanini isbotlaydi.

Yaponlarning birinchi va ikkinchi raqamli vakili bo‘lmaydi. Ularning bari teng kuchli. Garchi yosh Kosuke Mashiyama reytingda TOP dzyudochilar qatoriga kirmagan bo‘lsa ham, undan har narsa kutish mumkin. U so‘nggi bor 2021 yil noyabrda Bokuda o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida g‘alaba qozonganidan beri hech qayerda kurashgani yo‘q. Kim bilsin, balki uni murabbiylari atayin ushbu musobaqaga tayyorlashayotgandir. Shuningdek, 2018 yilgi jahon chempioni Noel van ’t End va Tokio-2020 finalchisi Trippelni ham esdan chiqarmaslik kerak.

Sakkizlikka kirmagan kuchli sportchilar: Noel van ’t End (Niderlandiya), Eduard Trippel (Germaniya), Kosuke Mashiyama (Yaponiya).

-52 kg:
“A” guruhi
Reka Pup (Vengriya)
Noma’lum raqib

Xorlobodi Bishrelt (Mo‘g‘uliston)
Noma’lum raqib

“В” guruhi
Diyora Keldiyorova (O‘zbekiston)
Noma’lum raqib

Gefen Primo (Isroil)
Noma’lum raqib

“С” guruhi
Amandin Bushar (Fransiya)
Noma’lum raqib

Fabiyen Koxer (Shveysariya)
Noma’lum raqib

“D” guruhi
Chelsi Jiles (Buyuk Britaniya)
Noma’lum raqib

Distriya Krasnichi (Kosovo)
Noma’lum raqib

Kimsan Uta Abe o‘z vaznida saralangan orasida yo‘q. Boisi u Tokio-2020 Olimpiadasidan so‘ng musobaqalarda deyarli ishtirok etmadi va reyting ochkolarining boy berilishi sabab bir nechta pog‘ona yo‘qotdi. Lekin u 90 foiz ehtimol Toshkentda shohsupaga ko‘tariladi. Shuningdek, ikki karra Olimpiada sovrindori italiyalik Odette Juffrida ham sakkizlikda yo‘q. Agar ular qur’aning Diyora Keldiyorova joy oladigan qismiga tushishmasa, yurtdoshimizning kechki dasturda medallar uchun kurashish imkoniyati keskin oshadi.

Sakkizlikka kirmagan kuchli sportchilar: Uta Abe (Yaponiya), Odette Juffrida (Italiya).

Albatta, bu sportchilarning reytingi, nomlari va shu paytgacha qayd etib kelgan natijalari asosida tayyorlangan tahlil. Biroq hammasini musobaqaga har tomonlama tayyor bo‘lgan professionallar hal qilishadi. Hatto, yuqorida qayd etilmagan nomlar orasida chempion chiqishi ham hech gap emas. Bu borada barcha dzyudochilarga, xususan, yurtdoshlarimizga omad tilab qolamiz. Eslatib o‘tamiz, qur’a tashlash marosimi bugun Toshkent vaqti bilan 16:00 da bo‘lib o‘tadi.

Text to speech