Yekaterina Voronina

Yengil atletika, ko‘pkurash

Voronina Yekaterina Aleksandrovna 1992-yil 16-fevral kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. 2009-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Pavel Andreyev. Hamyurtimiz yopiq inshootlardagi qitʼa birinchiliklarida 2 ta oltin, ochiq stadionlardagi Osiyo chempionatlarida esa 3 ta oltin va 1 ta kumush medali bilan taqdirlangan. Shuningdek, uning hisobida yozgi Osiyo oʻyinlarining 2 ta oltin va 1 ta kumush medali ham mavjud. Mazkur yoʻnalishda 6296 ochko bilan milliy rekord sohibi hisoblanadi. Rio-2016 va Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Koʻrsatgan natijalari evaziga “Shuhrat” va “Kelajak bunyodkori” medallari bilan taqdirlangan.

Voronina Butunjahon yengil atletika federatsiyasi (World athletics) tomonidan eʼlon qilingan reyting yakuniga koʻra, yettikurash dasturida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisiga aylandi.

Text to speech