Yengil atletika, uzunlikka sakrash
Anvarov Anvar Obidovich 2000-yil 22-oktyabr kuni Buxoro shahrida tugʻilgan. 2020-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Hozirgi kunda Oleg Sergeyev qoʻl ostida mashgʻulotlarni olib bormoqda. Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlari gʻolibi. Uzunlikka sakrash dasturida ishtirok etadigan yurtdoshimiz mazkur yoʻnalishda milliy rekord sohibi hisoblanadi. 2022-yil Shveysariyada oʻtgan xalqaro musobaqada 8,22 metr natija qayd etib, ushbu yoʻnalishda Oʻzbekiston rekordini oʻrnatgan. Joriy yil koʻplab xalqaro musobaqalarda muntazam gʻolib va sovrindorlar roʻyxatidan oʻrin olib kelmoqda. 8 metrli uzunlikni butun faoliyati davomida 10 bor, joriy yil hisobidan esa toʻrt marotaba zabt etgan.
Anvarov Butunjahon yengil atletika federatsiyasi (World athletics) tomonidan eʼlon qilingan reyting yakuniga koʻra, uzunlikka sakrash dasturida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisiga aylandi.