Halima Qurbonova

Dzyudo, -48 kg

Qurbonova Halima Hasan qizi 2002-yil 4-yanvar kuni Xorazm viloyati Bogʻot tumanida dunyoga kelgan. 2017-yildan xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Murabbiyi Shoira Masharipova. Qurbonova turli yosh toifalaridagi Osiyo chempionatlarida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza, “Katta dubulgʻa” turnirlarida 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan. Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlarida shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy olgan.

Qurbonova Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan eʼlon qilingan Olimpiada reytingiga koʻra -48 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

Text to speech