Fabio Kannavaro: “Jahon chempionati men uchun ham, futbolchilar uchun ham katta tajriba boʻldi”

Fabio Kannavaro Kongo DR va Oʻzbekiston terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida qatnashib, quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Birinchi boʻlimda juda koʻp energiya sarfladik. Bugungacha bizning jismoniy holatimiz yaxshi edi. Raqibimiz ham bu tomonlama yaxshi shakllangan jamoa. Biz oʻyindan oldin toʻpni nazorat qilmasak, qiyin boʻlishini bilardik. Ikkinchi boʻlimda xatolar qildik va shu sababli gollar oʻtkazib yubordik.

Bugun birinchi taymni juda ham yaxshi boshladik, koʻplab imkoniyatlarga ega boʻldik. Ikkinchi boʻlimda esa xatolar qila boshladik.

Jahon chempionati men uchun ham, futbolchilar uchun ham katta tajriba boʻldi. Oʻylaymanki, bu kelajakda bizga katta motivatsiya beradi.

Albatta, futbolchilar bilan juda koʻp muloqot qildim. Guruhimizda ham kuchli jamoalarga qarshi oʻynashimiz kerakligini bilardik. Lekin ushbu natijadan afsusdamiz.

Ha, biz xatolar qildik. Biroq men futbolchilardan umuman shikoyat qilmoqchi emasman. Ular qoʻlidan kelgan hammasini qildi va men ular bilan faxrlanaman”.

Text to speech