Özbekiston va UCI örtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Sport vazirligi hamda Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi rahbariyati Xalqaro velosipedçilar ittifoqi (UCI) prezidenti David Lappartyan boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv ötkazdi. Muloqot davomida Özbekistonda velosiped sportini yanada rivojlantiriş, uning ommaviyligini oşiriş hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuvda mamlakatimizda velosport infratuzilmasini takomillaştiriş, sportçilarni xalqaro musobaqalarga tayyorlaş, murabbiy va hakamlar malakasini oşiriş, şuningdek, yurtimizda nufuzli xalqaro musobaqalarni taşkil etiş imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada UCI bilan tajriba almaşiş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan fikr almaşildi.
David Lappartyan Özbekistonda sport sohasida, xususan, velosiped sporti infratuzilmasini rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlarga yuqori baho berib, UCI mamlakatimiz bilan hamkorlikni yanada kengaytirişga tayyor ekanini bildirdi.