Boks, -92 kg
Mullojonov Lazizbek Hasanjon oʻgʻli 1999-yil 13-may kuni Fargʻona viloyatining shu nomli tumanida tugʻilgan. Dastlab boks sirlarini Sherzod Husanovdan oʻrgangan Mullojonov hozirda Alisher Toʻychiyev qoʻl ostida shugʻullanyapti. 2017-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2021-yil Rossiyada oʻtgan harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi. 2022-yil Iordaniya mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida eng ogʻir vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2023-yil Toshkentda tashkil etilgan dunyo birinchiligida esa -92 kg vazn toifasida bronza medali sohibiga aylangan. Koʻrsatgan natijalari evaziga “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan.
Mullojonov joriy yilning 3-11-mart kunlari Italiyada oʻtgan jahon litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali -92 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga sazovor boʻldi.