Boks, -51 kg
Doʻsmatov Hasanboy Maʼrufjon oʻgʻli 1993-yil 24-iyun kuni Andijon viloyatida tugʻilgan. 2012-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Ziyatdin Toyganboyev. H.Doʻsmatov Rio-2016 Olimpiya oʻyinlarida -49 kg vazn toifasida chempionlik qatori, eng yaxshi texnika egasiga beriladigan “Vel Barker” sovrinini ham qoʻlga kiritgan. 2017-yil Gamburgda oʻtgan jahon chempionati finalchisi. 2018-yil Indoneziyada oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ham terma jamoamiz hisobiga kumush medalni keltirgan. 2015, 2017 va 2022-yillar Osiyo chempionligiga erishgan. 2023-yil Toshkent mezbonlik qilgan dunyo birinchiligida oltin medalni qoʻlga kiritish barobarida musobaqaning eng yaxshi bokschisi nomiga sazovor boʻldi. Koʻrsatgan natijalari uchun davlatimiz tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.
Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlarida -51 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritib, Parij-2024 litsenziatlari safidan oʻrin oldi.