Boks, +92 kg
Jalolov Bahodir Isomiddin oʻgʻli 1994-yil 8-iyul kuni Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. 2013-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida. Murabbiyi Toʻlqin Qilichev. 2017, 2019 va 2021-yillar Osiyo chempionligiga erishgan. 2019-yil Yekaterinburg va 2023-yil poytaxtimizda oʻtgan jahon chempionatlarida eng ogʻir vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Professional boksda shu paytgacha 14 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. Rio-2016 Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Tokio-2020 Olimpiadasida +92 kg vazn toifasida oltin medalga sazovor boʻlgan. Ushbu muvaffaqiyatlari evaziga “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi" hamda “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.
Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlarida +92 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritib, Parij-2024 litsenziatlari safidan joy oldi.