Yunon-rum kurashi, -77 kg
Aram Simonovich Vardanyan 1995-yil 11-noyabr kuni Yerevan shahrida tavallud topgan. 2010-yildan Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Yunon-rum kurashi boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida jahon chempionatlari, qator xalqaro musobaqalar gʻolib va sovrindori hisoblanadi. Murabbiyi Ravshan Roʻziqulov. Vardanyan 2019-yil Qozogʻistonning Nur-Sultan shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatida -72 kilogramm vazn toifasida kumush medalini qoʻlga kiritgan. 2016-yil Bangkok va 2018-yil Bishkekda oʻtgan Osiyo chempionatlari, 2017-yil Ashxobodda oʻtgan Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida bronza medallariga sazovor boʻlgan.
2023-yil Serbiyada oʻtgan jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan.