12 Dekabr 2021 1782

Ruslan Mustayev va Elmurat Tasmuradovni tabriylakmiz!

Bugun Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Ruslan Mustayev hamda yunon-rum kurashi boʻyicha Rio-2016 Olimpiadasi bronza medali sohibi, 3 karra jahon chempionati sovrindori Elmurat Tasmuradov tavallud ayyomlarini nishonlashmoqda.

Ruslan Mustayev 1973-yil 12-dekabrda tugʻilgan. Faoliyatini oʻzbek gimnastikasining rivojiga bagʻishlagan Ruslan Bulatovich 2007-yildan buyon Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasida faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunda Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti sifatida samarali faoliyat olib bormoqda. Hamyurtimiz xalqaro maydonda ham yuqori martabaga ega boʻlib, Osiyo gimnastika ittifoqining vitse-prezidenti, Xalqaro gimnastika federatsiyasi konsullar kengashining aʼzosi ham sanaladi.

Elmurat Tasmuradov 1991-yil 12-dekabr kuni Toshkent viloyatida tavallud topgan. Mahoratli kurashchimiz faoliyati davomida 5 bor Osiyo chempionatining oltin medali va 2 marotaba bronza medallarini ham qoʻlga kiritgan. London-2012, Rio-2016 va Tokio-2020 Olimpiadalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qildi. Braziliyada oʻtgan Olimpiadada bronza medalini qoʻlga kiritib, delegatsiyamiz hisobiga muhim sovrinlardan birini taqdim qilgan. Ushbu natijalari evaziga hukumatimiz tomonidan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi har ikki hamyurtimizni tavallud ayyomi bilan tabriklab, ularga mustahkam salomatlik, uzoq umr tilab qoladi.

Text to speech