Nikita Rafalovich

Taekvondo WT, +80 kg

Rafalovich Nikita Igorevich 1993-yil 10-oktyabr kuni tavallud topgan. 2010-yildan taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Maksim Rafalovich. Sportchimiz faoliyati davomida Osiyo oʻyinlarining 1 tadan oltin va kumush, jahon chempionatlarining 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga egalik qilgan. Shuningdek, uning hisobida Gran-pri turnirlarining 2 ta kumush va 3 ta bronza, Osiyo chempionatlarining 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari ham mavjud.

Rafalovich Butunjahon taekvondo WT federatsiyasining iyun oyi uchun yoʻllanmalarni qayta taqsimlash dasturiga koʻra, +80 kg vazn toifasida Parij-2024 litsenziyasini qoʻlga kiritdi.

Text to speech