Amirxon Sodiqov

Kamondan otish, yakkalik

Sodiqov Amirxon Zarifovich 2003-yilning 18-iyul kuni Samarqand shahrida tavallud topgan. 2021-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida xalqaro musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. Murabbiyi Munira Nurmanova. Shu paytgacha Osiyo kubogi bosqichlarida 1 ta oltin va 7 ta bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlarida Ziyodaxon Abdusattorova bilan mikst dasturida shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarilgan. Ayni payda jahon reytingida 32-oʻrinni egallab turibdi.

Sodiqov 14-17-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida oʻtgan jahon litsenzion turnirida oltin medal qoʻlga kiritib, Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga sazovor boʻlgan. Ahamiyatlisi, ushbu gʻalaba Amirxon va Ziyodaga mikst dasturida ham ishtirok etish imkoniyatini taqdim qilgan.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu