Abdulla Azimov

Sport gimnastikasi

Azimov Abdulla Rustam oʻgʻli 1996-yil 20-mart kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. 2012-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Yevgeniy Galkin. Inchxon-2014 yozgi Osiyo oʻyinlari va Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlarida kumush medalga sazovor boʻlgan. Qitʼa birinchiliklarida 2 ta kumush va 1 ta bronza, Jahon kubogi bosqichlarida 1 tadan oltin va kumush medallarini qoʻlga kiritgan. Hamyurtimizning eng sevimli yoʻnalishi sport otidagi mashq dasturi hisoblanadi.

Azimov joriy oy Toshkentda oʻtgan litsenzion Osiyo chempionatining koʻpkurash yoʻnalishida yoʻllanmasi yoʻq atletlar orasida eng yuqori ball jamgʻarib, Parij-2024 ishtirokchisiga aylandi.

Text to speech