Boks, -80 kg
Habibullayev Toʻrabek Shukrillo oʻgʻli 2004-yil 9-aprel kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida tavallud topgan. Murabbiyi Poʻlat Shahbozov. 2022-yil Ispaniyada oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻalaba qozongach, Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga jalb etilgan. Yosh isteʼdodli bokschimiz Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida -80 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2023-yil kattalar oʻrtasidagi mamlakat chempionatida ushbu vazn toifasida tengi yoʻq ekanini yana bir karra koʻrsatdi. Toʻrabek boʻlajak Olimpiadada ayni paytgacha nomi maʼlum boʻlgan litsenziatlarimiz orasida eng yosh erkak sportchi boʻlib turibdi.
Habibullayev joriy yilning 3-11-mart kunlari Italiyada oʻtgan jahon litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali -80 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga sazovor boʻldi.