Nigina Oʻktamova

Boks, -54 kg

Oʻktamova Nigina Jasur qizi 2003-yil Samarqand viloyatida dunyoga kelgan. 2019-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga jalb qilingan. Murabbiyi Azim Xudoyqulov. N.Oʻktamova oʻzbek bokschi qizlari orasida birinchi boʻlib jahon chempionligini qoʻlga kiritgan sportchi hisoblanadi. Yurtdoshimiz 2021-yil Polshada oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi dunyo birinchiligida oltin medalga sazovor boʻlgan. 2021-yil U20, 2023-yil U23 yosh toifalarida Osiyo chempionatlarida chempionligiga erishgan. 2021-yil “Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” deya eʼtirof etilgan. Xalqaro maydonda koʻrsatgan natijalari uchun “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida -54 kg vazn toifasida qoʻlga kiritgan bronza medali Oʻktamovaga Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarining eshiklarini ochdi.

Text to speech