Aktenge Keunimjayeva

Ayollar kurashi, -50 kg

Keunimjayeva Aktenge Kazi qizi 1999-yil 19-sentyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida tugʻilgan. Murabbiyi Aynura Japakova. 2017-yildan milliy terma jamoa tarkibida ishtirok etib kelmoqda. 2018-yil U20 yosh toifasidagi jahon chempionati hamda Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlarida kumush medalga sazovor boʻlgan. 2022-yilgi U23 yosh toifasining Osiyo chempioni. 2019, 2020 va 2023-yillar kattalar oʻrtasidagi qitʼa birinchiliklarida bronza medali sohibiga aylangan. Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida ham shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy olgan. Qayd etish joiz, bu oʻzbekistonlik kurashchi qizlarning Osiyo oʻyinlarida qoʻlga kiritgan birinchi medali sifatida ham yodda qolgan. Qahramonimiz koʻrsatgan natijalari evaziga “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Keunimjayeva joriy yilning aprel oyida Qirgʻizistonda oʻtgan Osiyo litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali -50 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

Text to speech