Gʻulomjon Abdullayev

Erkin kurash, -57 kg

Abdullayev Gʻulomjon Ozodovich 1998-yil 11-noyabr kuni Xorazm viloyatida tugʻilgan. Murabbiyi – Baxtiyor Sobirov. Sportchimiz 2016-yil yoshlar, 2018-yildan milliy terma jamoaga qoʻshilgan. 2016-yil 18 yoshida U20 yosh toifasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, bronza medaliga sazovor boʻlgan. Yoshlar oʻrtasida ikki karra Osiyo chempioni. Hamyurtimiz Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlarida ham oltin medalga sazovor boʻlgan. Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Abdullayev joriy yilning aprel oyida Qirgʻizistonda oʻtgan Osiyo litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali -57 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

Text to speech