Bekzod Abdurahmonov

Erkin kurash, -74 kg

Abdurahmonov Bekzod Maxamadjonovich 1990-yil 15-mart kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 2014-yildan erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Muzaffar Abdurahmonov. Qahramonimiz 2 karra Osiyo oʻyinlari gʻolibi, koʻp karra Osiyo chempioni va jahon chempionatlari sovrindori hisoblanadi. Ahamiyatlisi, ushbu sportchimiz Incheon (2014) va Jakartada (2018) oʻtgan Osiyo oʻyinlarida delegatsiyamizning ilk oltin medallariga mualliflik qilgan. Shuningdek, uning hisobida 2017-yilgi Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarining oltin va Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarining bronza medallari ham bor. Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Tokio-2020 Olimpiadasida -74 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Koʻrsatgan natijalari uchun davlatimiz tomonidan “Shuhrat” medali va “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Abdurahmonov joriy yilning aprel oyida Qirgʻizistonda oʻtgan Osiyo litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali -74 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

Text to speech