Jasurbek Jaysunov

Taekvondo, -80 kg

Jaysunov Jasur Rustamovich 2002-yilning 19-aprel kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 2016-yildan turli yosh toifalarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilib kelmoqda. Murabbiyi Vladimir Xan. Jaysunov 2019-yil yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2021-yil kattalar oʻrtasidagi qitʼa birinchiligida bronza, 2022-yil esa oltin medal sohibiga aylandi. Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlarida shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarilgan. Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida esa aralash jamoaviy dasturda bronza medali bilan taqdirlandi. Shuningdek, uning hisobida “Katta dubulgʻa” turnirlarining 1 tadan oltin va kumush medallari mavjud.

Jaysunov joriy yil Xitoyning Tayan shahrida oʻtgan Osiyo litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali -80 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

Text to speech