Ozoda Sobirjonova

Taekvondo WT, -67 kg

Sobirjonova Ozoda Obidjon qizi 2002-yilning 7-dekabr sanasida Jizzax viloyati Zomin tumanida dunyoga kelgan. 2017-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Dastlab taekvondo sirlarini Dadaxon Gʻafforovdan oʻrgangan Sobirjonova hozirda Jasur Boyqoʻziyev qoʻl ostida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga hozirlik koʻrmoqda. 2018-yil yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatida kumush, 2019-yil tengqurlari orasidagi qitʼa birinchiligida bronza medali sohibiga aylangan. Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida aralash jamoaviy dasturda bronza medaliga ega chiqqan.

Joriy yil Xitoyning Tayan shahrida oʻtgan Osiyo litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali -67 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

Text to speech