Boks, -50 kg
Boboqulova Sabina Komiljon qizi 2003-yil 29-iyulda Buxoro viloyati Olot tumanida tavallud topgan. 2019-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Ulugʻbek Baratov. Sabina BAAning Dubay shahrida 2019-yil oʻsmirlar, 2021-yil yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2022-yil Toshkent, 2023-yil Bangkok shaharlari mezbonlik qilgan U22 yosh toifasidagi qitʼa birinchiliklarida ham shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy olgan.
Boboqulova joriy yilning 3-11-mart kunlari Italiyada oʻtgan jahon litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali -50 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga sazovor boʻldi.