27 Июн 2026 131

Қадрли оммавий ахборот воситалари вакиллари,

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

Sizlarning xolis, tezkor va professional faoliyatingiz mamlakatimizda sport va Olimpiya harakatini keng targʻib qilish, sportchilarimiz yutuqlarini xalqimizga yetkazish hamda jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishda muhim oʻrin tutadi. Milliy sportimiz ravnaqi yoʻlidagi samarali hamkorligingiz, fidokorona mehnatingiz va masʼuliyatli yondashuvingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Fursatdan foydalanib barchangizga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt-saodat, ijodiy parvoz, yangi muvaffaqiyatlar va kasbiy faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Bayramingiz muborak boʻlsin!

Text to speech