26 Март 2026 406

Велотрекчиларимиз Осиё чемпионатида илк бор жамоавий йўналишда шоҳсупага кўтарилишди

Bugun Filippinda velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha turli yosh toifalaridagi Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi bronza medaliga sazovor boʻldi.

Hamyurtlarimiz ushbu natijaga yosh qizlar oʻrtasidagi jamoaviy taʼqib poygasi dasturida erishdilar. Ahamiyatlisi, velosportchilarimiz qitʼa birinchiliklarida ilk bor jamoaviy yoʻnalishda shohsupaga koʻtarilishdi. Musobaqa 31-martga qadar davom etadi.

Text to speech