Ру En O'z
29 Май 2023 794

Бокуда таэквондо бўйича жаҳон чемпионати старт олмоқда

Bugun Ozarbayjon poytaxtida taekvondo WT boʻyicha jahon chempionati boshlanadi. Reglamentga koʻra, musobaqaning birinchi kunida erkaklar oʻrtasida -68 kg, ayollarda esa -57 kg vazn toifasida gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi. Bugungi bellashuvlarda hamyurtlarimizdan Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulugʻbek Rashitov hamda Madina Mirabzalova yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Ular musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlaydilar:

-68 kg: Ulugʻbek Rashitov – Uilfrid Makentchou (Kamerun) / Jozef Firi (Malavi)
-57 kg: Madina Mirabzalova – Tina Modanlo (Eron)

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bugun boshlanayotgan masʼuliyati musobaqada terma jamoamiz vakillariga omad va zafarlar tilab qoladi.

Text to speech