Qilichbozlarimiz yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogida sovrinli oʻrinlarni egallashmoqda
Shu kunlarda yosh qilichbozlar oʻrtasida Jahon kubogi bahslari boʻlib oʻtmoqda. Unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari sovrinli oʻrinlarni egallashmoqda.
Jumladan, Kosta-Rika poytaxti San-Xose shahrida shpaga boʻyicha oʻtgan qizlar oʻrtasidagi yakkalik bellashuvlarda Shahzoda Egamberdiyeva kumush, Dilnaz Murtazayeva esa bronza medaliga sazovor boʻldi.
1. Yeva Mazur (Ukraina)
2. Shahzoda Egamberdiyeva (Oʻzbekiston)
3. Dilnaz Murtazayeva (Oʻzbekiston)
3. Alexandra Gomez (Kolumbiya)
Eronning Tehron shahrida oʻtayotgan erkaklar oʻrtasidagi sablya bahslarida Zuhriddin Qodirov shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarildi.
1. Junxyong Kim (Koreya Respublikasi)
2. Muhammad Kalendar (Turkiya)
3. Zuhriddin Qodirov (Oʻzbekiston)
3. Erfan Shokouhi (Eron)
Afsuski, Qozogʻistonda ayollar oʻrtasida kechgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz sovrinli oʻrinlardan joy olisholmadi. Bugun qilichbozlarimiz jamoaviy dasturda chempionlik uchun kurash olib borishadi.