Ру En O'z
10 Ноябрь 2021 1882

Лорд Колин Мойнихан: «Ўзбекистон паралимпия спортини тўғри ривожлантиришда барчага намуна бўла олади»

Londonda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Buyuk Britaniya parlamenti yuqori palatasi vakili, parlamentning Sportni rivojlantirish qo‘mitasi hamraisi Kolin Moynixan bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida A.Abduhakimov O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan islohotlar, sport ta’limini rivojlantirish, iqtidorli yoshlar orasidan malakali murabbiylar va olimpiya zaxiralarini tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Lord Kolin Moynixan 2021 yilda Tokioda bo‘lib o‘tgan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlaridagi yuqori ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘lgan O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

«O‘zbekiston bir qator jihatlari, xususan, paralimpiya sportining inklyuzivligi bo‘yicha ayrim rivojlangan davlatlardan ancha ilg‘or va bu sohani to‘g‘ri rivojlantirishda namuna bo‘la oladi. Shuni ta’kidlashni istardimki, uzoq muddatli muvaffaqiyatlarga erishish uchun sport sohasini har tomonlama, tizimli va ilmiy asosda rivojlantirish, birinchi navbatda, sport infratuzilmasini yaxshilash, sportni ommalashtirish, murabbiylar va hakamlarning malakasini oshirish, iqtidorli yoshlarni izlash va saralash orqali sport zaxirasini shakllantirishni taqozo etadi», – dedi Lord Kolin Moynixan.

Ta’kidlash joizki, Moynixan va Buyuk Britaniyaning sobiq moliya vaziri F.Xammond tomonidan asos solingan «SMA Sonsultants» kompaniyasi sportni rivojlantirish va yirik sport tadbirlarini o‘tkazish masalalarida ko‘p yillardan buyon davlatlar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlab keladi. 2022 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilish borasida Qatar va chang‘i sportini rivojlantirish maqsadida Saudiya Arabistoni bilan olib borilayotgan ishlar shular jumlasidan. Siyosatchi «SMA Sonsultants» tajribasini inobatga olgan holda kompaniya O‘zbekistonga sportni rivojlantirish hamda mamlakatning Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlaridagi ko‘rsatkichlarini oshirishda samarali yordam bera olishini qayd etdi. O‘z navbatida, tegishli kompleks dasturni birgalikda ishlab chiqish va uni amalga oshirishga xorijlik mutaxassislardan yuqori malakali jamoani jalb etish taklifini bildirdi.

Uchrashuv yakunida respublika sportining holatini batafsil o‘rganish va tahlil qilish hamda aniq takliflar ishlab chiqish uchun K.Moynixan va «SMA Sonsultants» kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Text to speech