27 Fevral 2023 1308

Kurashchilarimiz Misrdagi turnirda uchta medalga sazovor boʻlishdi

Misrda sport kurashlari boʻyicha xalqaro musobaqa yakunlandi. Reyting seriyasiga kiruvchi turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Musobaqaning yakunlovchi kunida hamyurtlarimiz 2 ta bronza medaliga sazovor boʻlishdi. -65 kg vazn toifasida yarim finalga yetib borgan Umidjon Jalolov ushbu bosqichda armanistonlik Vazgen Tevanyanga imkoniyatni boy berib qoʻydi. Biroq bronza medali uchun bahsda gruziyalik Edemi Bolkvadzega hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Shuningdek, Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov ham shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarildi. Bronza medali uchun kechgan kurashda u armanistonlik Arman Avagyanni magʻlubiyatga uchratdi.

Eslatib oʻtamiz, musobaqaning birinchi kunida Hasanboy Rahimov -125 kg vazn toifasida sovrindorlar qatoridan joy olgan edi.

Text to speech