26 Fevral 2023 1094

Hasanboy Rahimov xalqaro musobaqada sovrindor bo’ldi

Misrda o’tayotgan sport kurashlari bo’yicha xalqaro musobaqada O’zbekiston terma jamoasi ilk medalini qo’lga kiritdi. Ortda qolgan kun dasturida Hasanboy Rahimov bronza medaliga ega chiqdi.

-125 kg vazn toifasida bahs olib borgan polvonimiz ilk bosqichda polshalik Kamil Kosyolekka mag’lub bo’ldi. Polyak kurashchisi finalgacha yetib borgach yurtdoshimizda bronza medali uchun imkoniyat paydo bo’ldi va u bundan unumli foydalandi. Ahamiyatlisi, Rahimov o’tish bosqichida ushbu vazndagi boshqa bir sportchimiz Sardorbek Xolmatovni, bronza medali uchun kurashda esa xitoylik Benxin Duanni dog’da qoldirishga erishdi.

Text to speech