10 Dekabr 2023
0
Davlatimiz madhiyasi 31 yoshda!
Davlatimiz ramzlari barcha vatandoshlarimizda o‘zgacha faxr hissini uyg‘otadi. Ayniqsa, sportchilarimiz xalqaro maydonda jonajon O‘zbekistonimiz sharafini himoya qilsalar-u, ularning g‘alabalari evaziga madhiyamiz yangrasa har qanday insonni to‘lqinlantirib yuboradi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun. Sportchilarimiz o‘zlarining shonli g‘alabalari bilan davlatimiz ramzlarini jahonga mashhur qilishmoqda. Istaymizki, bu zafarlar davomli bo‘lib, madhiyamiz hamisha jahon arenalari uzra jarang sochib tursin. Bayram muborak, aziz hamyurtlar!