8 Dekabr 2023
0
Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga bugun 31 yil to‘ldi.
Davlatimiz Bosh qomusi inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, farovon va tinch hayotimizni kafolatlash uchun zamin yaratadi. Davlatimizning jismoniy tarbiya va sportni aholi orasida rivojlantirish uchun sharoit yaratishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishi ham Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi barcha yurtdoshlarimizni Bosh qomusimiz qabul qilingan kun bilan samimiy qutlaydi. Konstitutsiyamiz oilalarimizning tinch va osudaligini ta’minlashda, davlatchiligimizning yanada rivoj topishida abadiy xizmat qilsin!