18 Mart 2024
0
Xalqaro marafon yaqinlashib kelmoqda
Joriy yilning 21-aprel kuni BYD Toshkent VI xalqaro marafoni boʻlib oʻtadi. Uning doirasida marafon (42 km, 195 m), yarim marafon (21 km), 10 va 3 km masofalarga yugurish, skandinavcha yurish (3 km), shuningdek, bolalar uchun Kids run (1 km) yoʻnalishlarida bellashuvlar tashkil etiladi.
Musobaqaning umumiy sovrin jamgʻarmasi 720 million soʻmga teng. Unda ishtirok etish niyatida boʻlganlar perfend.com sayti orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.