23 Aprel 2026
60
Javohir Sindarov Oʻzbekiston MOQga tashrif buyurdi
Tashrif davomida grossmeyster Sport vaziri hamda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati bilan uchrashib, yaqin rejalari bilan oʻrtoqlashdi. Shuningdek, u rasmiylarga oʻz imzosi tushirilgan esdalik shaxmat taxtalarini topshirdi.
Uchrashuv chogʻida rasmiylar Sindarovni tarixiy yutugʻi bilan tabriklab, jahon chempionligi uchun oʻtadigan masʼul musobaqalarda hamda joriy yilda Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga puxta tayyorgarlik koʻrish jarayonida har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini taʼkidlashdi.