8 Dekabr 2025
401
Erkin kurash boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi bahslar yakunlandi
Toshkentda oʻtayotgan erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida erkaklar oʻrtasidagi bellashuvlar yakunlandi. Navbatdagi vazn toifalaridagi bahslarda Arslon Rahimov (-61 kg), Shahzod Yarashev (-70 kg), Jorullo Abdufattohov (-79 kg), Sadriddin Daminjonov (-92 kg) va Hasanboy Rahimov (-125 kg) oltin medalga sazovor boʻlishdi.
Musobaqani ayollar kurashi boʻyicha bahslar yakunlab beradi.